"Liverpul"ning sobiq a'zosi: "Suarez o'zini kemiruvchilardek tutdi"

Eldor Akmurzayev
7 may 2019, 01:15
"Liverpul"ning sobiq hujumchisi Jon Oldridj YCHL yarim finalining ilk bahsida "Barselona" forvardi o'zini ijobiy tomondan ko'rsatmaganini aytdi.

“Chempionlar ligasining ilk bahsida Suarez o'zini kemiruvchilardek tutdi. U haddan tashqari oshirib yubordi. Men uning Liverpul darvozasini ishg'ol etganidan so'ng, gol nishonlagani haqida gapirmoqchi emasman. To'g'ri u shu klub libosini kiygan. Biroq, bu holatda yolg'ondan o'zini xafa ko'rsatish ham kerak emas. Men boshqa narsani nazarda tutmoqdaman. Yani, uning Liverpul futbolchilarga qarshi to'qnashuvlardagi xatti-harakatlariga chidab bo'lmaydi. Raqib jamoa a'zolari unga yaqinlashgan vaqtda Suares xuddi pastkashlardek har safar maydonga yiqilib tushaverardi”, - deya qayd etgan Oldridj

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: goal.com