

“Chempionlar ligasining ilk bahsida Suarez o'zini kemiruvchilardek tutdi. U haddan tashqari oshirib yubordi. Men uning Liverpul darvozasini ishg'ol etganidan so'ng, gol nishonlagani haqida gapirmoqchi emasman. To'g'ri u shu klub libosini kiygan. Biroq, bu holatda yolg'ondan o'zini xafa ko'rsatish ham kerak emas. Men boshqa narsani nazarda tutmoqdaman. Yani, uning Liverpul futbolchilarga qarshi to'qnashuvlardagi xatti-harakatlariga chidab bo'lmaydi. Raqib jamoa a'zolari unga yaqinlashgan vaqtda Suares xuddi pastkashlardek har safar maydonga yiqilib tushaverardi”, - deya qayd etgan Oldridj



