"Liverpul"ning qoldirilgan uchrashuvi o'tkaziladigan vaqti e'lon qilindi

Mirjalol Normatov
28 dek 2019, 20:57
Klublar o'rtasidagi mundial tufayli mersisaydliklar "Vest Xem"ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olishmagandi.

"Liverpul" matbuot xizmatiga ko'ra, APLning 18-turi doirasida qoldirilgan "Vest Xem" - "Liverpul" uchrashuvi 29 yanvar tunida soat 00:45da start oladi.

Ayni damda "Liverpul" 18 o'yinda 52 ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, "Vest Xem" 19 ochko bilan 17-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: premierleague.com