

20 yoshli braziliyalik futbolchi uchun "Liverpul" klubi da'vogarlik qilmoqda. Klub uning variantini Jyerdan Shakiri sotilishi mumkinligi sabab ko'rib chiqmoqda.
"Qaymoqranglilar" yaxshi taklif tushsa, Vinisiusni sotish variantini ko'rib chiqishga tayyor. "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'yinchiga ehtiyoj sezmayapti.
Braziliyalik futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 18ta maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.



