"Liverpul" yangi mavsum oldidan hujumchisi bilan shartnoma muddatini uzaytirdi

Aslanov Jasurbek
9 iyul 2021, 19:40
Futbolchi o'tgan mavsumda 42 o'yinda maydonga tushgan.

Angliyaning "Liverpul" klubi hujumchi Xarvi Elliot bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda mersisaydliklar rasmiy sayti xabar berdi.

Elliott "Liverpul"ga 2019 yilning yozida "Fulxem"dan kelib qo'shilgandi. 2020/21 yilgi mavsumni forvard "Blekbern"da ijarada o'ynadi. U "Blekbern Rovers" safida 42 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com