

Manbaga ko'ra, “qizillar” yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlen Avstriyada o'tayotgan mashg'ulotlar vaqtida tizzasidan jarohatlangan. Shu sabab u “qizillar”ning mavsumoldi yig'inini o'tkazib yuboradi. Shuningdek, xavbek 29 avgust kuni “Arsenal”ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Superkubogida ham ishtirok eta olmaydi.
2019/20 yilgi mavsum Aleks klub safida 43 o'yinda qatnashib, 8+2 natija ko'rsatgandi.



