"Liverpul" va "Napoli" Minole borasida muzokara o'tkazishmoqda

Aslanov Jasurbek
15 avg 2018, 18:45
"Liverpul" darvozaboni Simon Minolening agenti Niko Vaesen so'zlariga ko'ra, "Napoli" posbonni o'z safida ko'rmoqchi.

"Biz muzokara o'tkazyapmiz, ammo hali kelishib olganimiz yo'q. "Liverpul" Simonni saqlab qolmoqchi edi, ammo u ko'proq o'ynashni istamoqda. U top-klub futbolchisi bo'lishga arziydi. "Napoli" uchun Minole sifat bo'yicha eng yaxshisi, biroq buning moliyaviy tomoniga ham e'tibor berish kerak" - deydi Vaesen.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Derniere Heure