"Liverpul" Shakirini xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2018, 15:06
"Liverpul" "Stok Siti" yarim himoyachisi Shyerdan Shakiriga qiziqish bildirmoqda.

Juma kuni "qizillar" vakillari futbolchi agenti bilan muzokaralar o'tkazishgan. Bundan tashqari, Shakiriga "Liverpul" haqida savol berilganida, shveytsariyalik unga javob berishni istamadi.

- "Enfild" ajoyib stadion, nima deysiz?

- Albatta, "Enfild" buyuk arena.

- "Liverpul" haqida nima deya olasiz?

- Nega "qizillar" haqida gap ochdingiz?

- Ma'lumotlarga ko'ra, siz "Liverpul"ga o'tishga yaqinsiz...

- Hozir bu haqida hech narsa deya olmayman. Agentlarim kelajagim haqida bosh qotirishmoqda. Ayni damda bor e'tiborim Shveytsariyaga qaratilgan.

26 yoshli Shakiri so'nggi mavsum Angliya Premer-ligasining 36ta uchrashuvida 8ta gol urib, 7ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: B/R Football