"Liverpul" Rikardo Rodrigesga e'tibor qaratdi

Narzulla Saydullayev
17 iyun 2014, 20:28
Rikardo Rodriges "Volfsburg"dan "Liverpul"ga ko'chib o'tishi mumkin.
Mersisaydliklar chap qanot himoyachisini qidirishmoqda. Asosiy nomzod sifatida "Sevilya" vakili Alberto Moreno ko'rsatilmoqda. Biroq "Liverpul" hozircha bu borada kelishuvga erisha olmadi.

Daily Mail nashrining xabariga ko'ra, Angliya klubi endi "Volfsburg" vakili Rikardo Rodrigesga e'tibor qaratdi.

Ayni paytda himoyachi Shveytsariya safida JCH-2014da qatnashmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com