"Liverpul" rahbariyati jamoaga Gvardiolni olib kelmoqchi

Оқил Абдубарноев
28 noya 2022, 21:23
"Liverpul" xorvatiyalik iqtidorli himoyachi Yoshko Gvardiolni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

20 yoshli futbolchi Germaniyaning "RB Leyptsig" jamoasida to'p tepadi. OAV muntazam ravishda xorvatiyalikni Yevropadagi top-klublardan biri safiga qo'shilishini ta'kidlab kelmoqda. Shaxsan Klopp ham futbolchining tashrifidan mamnun bo'ladi.

Yoshko Gvardiol 2021 yilning yozida Zagrebning "Dinamo"sidan "RB Leyptsig"ga o'tgandi. O'shandan beri himoyachi "buqalar" safida 65 ta rasmiy o'yin o'tkazib, uchta gol urdi va sheriklariga to'rtta samarali uzatma amalga oshirdi.

Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari Yoshko Gvardiolani 60 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Fichajes