"Liverpul" Pedri uchun 100 million evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
11 sen 2021, 00:27
"Liverpul" kelasi yozda "Barselona" yarim himoyachisi Pedrini sotib olmoqchi.

"Qizillar" Ispaniya terma jamoasi futbolchisi uchun taxminan 100 million evro taklif qiladi. Transferni "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp talab qilmoqda, u Pedrini erkin agent sifatida klub lagerini tark etgan Veynaldumning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda.

Pedrining "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Transfermarkt