"Liverpul" Oksleyd-Chemberlenni sotishga tayyor

Alisher
11 may 2022
"Liverpul" bosslari angliyalik yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen bilan kelishuvni uzaytirmoqchi emas.

Mersisayd jamoasi vakillari tez orada 28 yoshli angliyalik futbolchini sotishga tayyorlar.

Qayd etish kerakki, Oksleyd-Chemberlenning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. Xavbek "Liverpul"ga qadar "Arsenal" va "Sautgempton"da o'ynagan.

Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 17ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph