“Liverpul” Lovren bilan rasman shartnoma imzoladi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2014, 08:05
“Sautgempton” klubi himoyachisi Deyan Lovren faoliyatini Angliyaning boshqa bir jamoasi “Liverpul”da davom ettiradi.
Mersisaydliklar kecha rasman xorvatiyalik 25 yoshli futbolchini sotib olishganini e'lon qilishdi.

Shartnoma 4 yilga imzolangani aytilmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, “Liverpul” rahbariyati Lovren uchun 20 million funt sterling to'lagan. Lovren yangi jamoasida haftasiga 60 ming funt sterling maosh oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com