

"Brayton" yarim himoyachisi Moyses Kaysedo "Liverpul" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Football Insider" xabariga ko'ra, "qizillar" 20 yoshli ekvadorlik futbolchini kelasi yozda sotib olishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, unga "Chelsi" ham qiziqmoqda.
Futbolchining "Brayton" bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali yarim himoyachini 25 million evroga baholamoqda.
Kaysedo joriy mavsumda "Brayton" safida APLda 6 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.



