

The Telegraph xabariga ko'ra, ingliz klubi yarim himoyachining narxi tufayli endi uni sotib olishni rejalashtirmayapti. 120 millionga baholanayotgan ingliz futbolchisining transferi “Liverpul” uchun og'irlik qiladi. Ular bir futbolchi uchun yozgi byudjetni to'liq ishlatib yuborishga tayyor emas.
Buning o'rniga “Liverpul” har bir chiziqni kuchaytirishga e'tibor qaratadi. Bosh murabbiy Yurgen Klopp rahbariyatning qarorini qo'llab-quvvatlamoqda.



