“Liverpul” joriy mavsumning o'zida Angliyaning eng sovrindor jamoasiga aylanishi mumkin edi. Trebl ham qo'ldan ketdi

Eldor Akmurzayev
4 mar 2020, 19:25
Xabaringiz bor, kecha tunda o'tkazilgan “Chelsi” – “Liverpul” o'rtasidagi Angliya Kubogining 1/8 finalida Yurgen Klopp shogirdlari 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shu tariqa, mersisaydliklar joriy mavsum oxiriga kelib Angliyaning eng sovrindor jamoasi bo'lish imkoniyatidan foydalana olmadi. “Liverpul” ayni payt Premer-ligada zafar quchish ehtimoli juda yuqori, boisi, boshqa klublar bilan oradagi farq keskin yuqori darajada va YCHLda ham hozircha ular o'z ishtirokini davom ettirmoqda.

Hozirda “tumanli Albion”ning eng ko'p titulga (66ta) ega jamoasi bu “Manchester Yunayted” hisoblanadi. “Qizillar” hisobida esa 64ta musobaqa g'olibligi mavjud. 

Shuningdek, Mersisayd shahri jamoasi joriy mavsum treblga erishish imkoniyatini ham qo'ldan chiqardi. Bu kabi natijaga ham Angliyada faqatgina “qizil iblislar” erishishgan. Ular 1998/99 yilgi mavsum APL, Kubok va YCHLda zafar quchib, oltin xet-trikni qayd etishgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua