"Liverpul" "Inter" o'yinchisi uchun 40 mln funt tayyorlab qo'ydi

Alisher
5 dek 2020, 11:00
"Liverpul" "Inter" tayanch yarim himoyachisi Marcelo Brozovichni nishonga oldi.

"Qizillar" maydon markazini kuchaytirishmoqchi, shu sabab klub 28 yoshli xorvatiyalik futbolchiga e'tibor qaratishgan.

"Liverpul" milanliklar bilan ehtimoliy transfer borasida aloqaga ham chiqqan. Mersisaydliklar o'yinchi uchun 40 million funt to'lashga tayyorlar.

Brozovich joriy mavsum Italiya A Seriyasi doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sunday Mirror