"Liverpul" himoyachisi "Vilyarreal" klubiga o'tadi

25 iyun 2019, 20:07
Chap qanot himoyachi Alberto Morenoning "Liverpul" bilan tuzgan shartnomasi 30 iyuun kuni yakuniga etadi.

Ispaniyalik futbolchi o'ziga yangi klub topdi. Moreno kelasi mavsumni LaLiga vakili "Vilyarreal" jamoasida boshlashi mumkin. Tafsilotlar to'liq berilmagan. Ammo, shunisi aniqki bir necha hafta o'tkazilgan muzokaralardan so'ng, tomonlar kelishib olishgan.

26 yoshli Moreno o'tgan mavsum "Liverpul" safida YCHLda zafar quchgan bo'lsa-da, bor yo'g'i ikki o'yinda maydonga tushdi va 77 daqiqa harakat qildi.


O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com