"Liverpul" himoyachisi "Real"ga o'tmoqchi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2024, 14:30
Trent Aleksander-Arnold "Real" safida to'p tepmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 26 yoshli himoyachi bu haqida "Liverpul" direktorlariga ma'lum qilgan. Ushbu voqea ingliz klubi rahbarlari futbolchiga yangi shartnoma taklif qilganda ro'y bergan.

"Qizillar" Trentni qishda sotishga urinishi yoki mavsum oxirigacha kutib, uni yozda tekinga (erkin agent sifatida) berib yuborishi mumkin. "Real" voqealar rivojini kuzatyapti va istalgan vaqtda muzokaralarga kirishishga tayyor.

"Liverpul"ga yaqin manbalarning taxminicha, mavsumning muhim qismi oldidan klub himoyachini sotmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca