“Liverpul-Gol” klubi Angliyada futbol festivalida ishtirok etadi

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2016, 12:34
Toshkentning "Liverpul-Gol" futbol maktabi oktyabr oyida Angliyada bo'lib o'tadigan futbol festivalida qatnashadi.
"Liverpul-Gol"ning 2004, 2005 va 2006 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoalari oktyabr oyida Angliyadagi "Liverpul" bolalar maktablari o'rtasidagi xalqaro futbol festivalida ishtirok etadi. Ayni paytda jamoa ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bundan tashqari "Liverpul-Gol" klubi 2004-2011 yil oralig'ida tug'ilgan bolalar uchun tanlov e'lon qiladi. Tanlov 19 iyul sanasidan boshlanadi va Toshkent shahridagi Ozarboyjon madaniyat markazi yonidagi sun'iy qoplamali maydonida bo'lib o'tadi.

Mo'ljal: Shimoliy vokzal.

To'liq ma'lumotlarni quyidagi raqam orqali olish mumkin:
+99899 8151922 (Mirjamil G'ulomov)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia