"Liverpul" "Fluminense" yarim himoyachisini sotib olishni rejalashtirmoqda

Sherzod Nurmatov
7 noya 2023, 18:32
"Liverpul" "Fluminense" yarim himoyachisi Andre Trindadeni xarid qilishni maqsad qilib olgan.

Yozda "qizillar" futbolchini 30 million evro evaziga sotib olmoqchi edi, ammo rad javobini olishdi. "Liverpul" skautlari Libertadores Kubogi final uchrashuvida yarim himoyachini kuzatib borishdi. O'yinda "Arsenal" va "Fulxem" vakillari ham ishtirok etishdi.

Rio-de-Janeyro jamoasi futbolchini qishda qo'yib yuborishga tayyor, ehtimoliy transfer summasi 35 million evrodan oshadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo.com