"Liverpul" yetakchilaridan birining orzusi "Real"ga o'tish

Khoja
4 mar 2026
"Liverpul" yetakchilaridan biri Dominik Soboslai kelajakda "Real"ga o'tishni istamoqda.

Bu vengriyalik futbolchining orzusi hisoblanadi. 25 yoshli futbolchi 2023 yildan beri "qizillar" safida harakat qilib keladi. 

U joriy mavsum "Liverpul" safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 10 ta gol va 8 ta assist bor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt nashri yarim himoyachini 85 million evroga baholagan.


KhojaMuallif
Manba: Football Insider