"Liverpul" YCHLda ko'p gol urish borasida yetakchilik qilmoqda

Tolibjon Qosimov
15 fev 2018, 16:17
"Liverpul" Chempionlar ligasi 1/8 final birinchi o'yinida "Portu"ni yirik hisob (5:0)da mag'lub etdi.

Ingliz klubi joriy mavsum musobaqada o'rtacha ko'p gol urish borasida guruh bosqichini ham hisobga olganda birinchi pog'onaga chiqib oldi. "Liverpul" har o'yinda o'rtacha 4tadan gol urgan.

Bu borada ikkinchi o'rinda PSJ (har o'yinga o'rtacha 3,4ta gol), uchinchi pog'onada "Real" (2,9).

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Opta