"Liverpul" Asensio uchun 180 mln. evro taklif qilishga tayyor

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2018, 13:54
"Liverpul" rahbariyati "Real"ning 22 yoshli yarim himoyachisi Marko Asensioni xarid qilmoqchi.

Mersidayliklar futbolchi transferi uchun 180 mln. evro to'lashga tayyor. Oldinroq, xavbekka boshqa ingliz klubi - "Chelsi" qiziqayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.

O'tgan mavsum Asensio LaLiganing 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 8ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo