"Liverpul" 7 yildan buyon "Old Trafford"da yuta olmayapti

Mirjalol Normatov
2 may 2021, 15:33
Bugun APLning 34-turi markaziy o'yinida "Manchester Yunayted" va "Liverpul" jamoalari bahs olib boradi.

Qayd etish kerak, mersisaydliklar so'nggi bora 2014 yili "Old Trafford"da g'alabaga erishgandi. 16 mart kungi bahsda 0:3 hisobi qayd etilgandi.

Shundan keyingi bahslarda esa quyidagi natijalar qayd etilgan:

14.12.2014 Manchester Yunayted - Liverpul 3:0

12.09.2015 Manchester Yunayted - Liverpul 3:1

15.01.2017 Manchester Yunayted - Liverpul 1:1

10.03.2018 Manchester Yunayted - Liverpul 2:1

24.02.2019 Manchester Yunayted - Liverpul 0:0

20.10.2019 Manchester Yunayted - Liverpul 1:1

Agarda bugun "Liverpul" ushbu ananasini buzadigan bo'lsa, "Manchester Siti" muddatidan oldin chempion bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia