Livanda barcha musobaqalar bekor qilindi

Xayrulla Xoliqov
29 may 2020, 11:26
Livan futbol federatsiyasi bu yil hisobidan barcha o'yinlarni bekor qildi.

Bu haqda federatsiya prezidenti Hashim Haydar jurnalistlarga ma'lum qildi. Aytish kerakki, federatsiya hukumat bilan kelishgan holda yakuniy qarorga kelgan.

Livan chempionati o'tgan yil oktbyar oyida ham to'xtab qolgan edi. Lekin endilikda koronavirus pandemiyasi sabab 2020 yil oxirigacha umuman futbol o'yinlari o'tkazilmaydigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com