Lionel Messi "Levante"ga qarshi o'yinni zaxirada boshlaydi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2014, 18:17
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya kubogi 1/4 finali doirasidagi "Levante"ga qarshi o'yinni zaxirada boshlaydi, deb xabar bermoqda "Marca" nashri.
11 yanvar kuni jarohat olgan Andres Inesta ushbu o'yinda maydonga tushadi.

"Levante" va "Barselona" o'rtasidagi dastlabki o'yinda kataloniyaliklar 4:1 hisobida zafar quchishgandi. Javob bahsi bugun tunda Toshkent vaqti bilan soat 02:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net