

"Men oldinroq ham aytganman, men kelajak haqida o'ylashni istamayman. Men bugunim bilan yashashni xohlayman. Jismoniy jihatdan hozir juda yaxshi holatdaman. Yana qancha o'ynashimga aniq javob bera olmayman. Men o'zim istagan o'yini ko'rsata olmaganimdan so'ng faoliyatimni yakunlayman", - deya Messining so'zlarini keltirmoqda Marsa.
Messining "Inter Mayami" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda argentinalik futbolchi Amerika klubi safida 14 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi "Inter Mayami" bilan Liga kubogini qo'lga kiritdi.



