"Lion" APL klublari da'vogarlik qilayotgan Auarga narx qo'ydi

Alisher
21 iyul 2021, 07:06
"Lion" yarim himoyachisi Ussem Auar yozda jamoadan ketishi mumkin.

Klub prezidenti Jan-Mishel Olas klub bosh murabbiyi Peter Boshga 23 yoshli fransiyalik futbolchini 30-35 million evroga sotishga tayyor ekanligini xabar qildi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Arsenal" va "Tottenxem" klublari Auar uchun da'vogarlik qilmoqda.

Futbolchi 2020/21 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 33ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le10Sport