"Lill" posboni "Milan"ga o'tishga yaqin

Mirjalol Normatov
25 may 2021, 14:55
Jurnalist Janluka Di Marcio "Lill" posboni Mayk Menyan "Milan"ga o'tishga yaqin turganini ma'lum qildi.

Unga ko'ra, posbon bugun "Milan" uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi va rasmiy xabar ham aynan bugun e'lon qilinishi kutilmoqda. Transfer summasi 15 mln evroni tashkil qiladi.

Jamoaning asosiy posbon Janluijji Donnarumma yozda yakuniga etadi va erkin agentga aylanadi. Katta ehtimol bilan u jamoani tark etadi.

Menyan esa yangi mavsumda "Milan"ning asosiy posboni bo'lishi kutilmoqda. Yakunlangan mavsumda u chempionatning 21 o'yinida gol o'tkazib yubormadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio