Liga 1. Sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

23 okt 2020, 08:56
Fransiya futbolchilari kasaba uyushmasi (UNFP) bu haqida o'z rasmiy saytida ma'lum qildi.

Unga ko'ra, Liga 1 da sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi nomiga “Metc” klubining 21 yoshli hujumchisi Ibraima Nyan loyiq ko'rildi. Senegallik hujumchi Liga 1 ning dastlabki 6 ta tur o'yinida 6 ta gol urishga erishgandi. U 38 % ovoz to'plagan. Shuningdek, ushbu nomaga “Lans” vazili Inyatius Ganago va “Renn” a'zosi Seru Girassi ham da'vogarlik qilgandi. Ular mos ravishda 36 hamda 26 % ovozga ega bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: UNFP