Rasmiy xabar: "Leyptsig" yangi bosh murabbiyni tanishtirdi. U "Dortmund", "Gladbax" va "Zalcburg"da ishlagan

Narzulla Saydullayev
8 sen 2022, 12:55
"RB Leyptsig" Marko Rozeni yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.

45 yoshli nemis Bundesliga klubi bilan 2024 yil iyun oyiga qadar shartnoma tuzdi. Roze kuni kecha ishdan ketgan Domeniko Tedeskoning o'rnini egalladi.

Oldinroq Roze "Borussiya D" , "Borussiya M" va "Zalcburg" kabi klublarida ishlagan.


Bundesliganing dastlabki 5ta turidan keyin "Leyptsig" 11-o'rinni egallab turibdi. Bundan tashqari klub YCHL 1-turida "Shaxter"ga (1:4) mag'lub bo'ldi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: rbleipzig.com