"Leyptsig" Sanchoni sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
20 dek 2023, 12:51
"RB Leyptsig" "Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sanchoni sotib olmoqchi.

Futbolchi bosh murabbiy Erik ten Xag bilan janjal tufayli "qizil iblislar" safida o'yinlarda ishtirok etmayapti.

Ushbu kelishuvda yagona muammo Sanchoning maoshi bo'lib turibdi. Futbolchi yiliga 17 million funt sterling maosh oladi.

Avvalroq "Manchester Yunayted" Sancho va Marsyalga "Leyptsig"dan o'rinbosar topgani haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tribalfootball.com