"Leyptsig" Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
12 dek 2022, 16:51
"Leyptsig" yarim himoyachi Dani Olmo bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida.

Bu haqda klub sport direktori Maks Eberl xabar bermoqda.

"Muzokaralarni davom ettiramiz. Albatta, ushbu masala kun tartibida turibdi", – dedi Eberl matbuot anjumanida.

24 yoshli ispaniyalikning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Olmo joriy mavsum "Leyptsig" safida 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: rbleipzig.com