Levandovskining agenti tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
30 may 2018, 13:48
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovskining agenti Pini Zaxavi uning mijozi nemis grandini tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Robert unga o'zgarishlar yoki faoliyatida yangi chaqiruv kerakligini his qilmoqda. "Bavariya" rahbariyati bu haqida biladi. Uning istagi pul yoki aniq bir jamoaga o'tish emas. Deyarli har qanday top-klub o'z safida dunyoning eng yaxshi hujumchisini ko'rishni istaydi" - deydi Zaxavi.

Zaxavining so'zlariga ko'ra, u ayni damda Levandovskiga da'vogarlik qilayotgan 3 klub bilan muzokara o'tkazmoqda. Bular PSJ, "Chelsi" va "Manchester Yunayted".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Bild