Levandovski - Xames Rodrigesga: "JCH-2018dagi gollarimni eslab qolasan deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
2 dek 2017, 10:41
Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski JCH-2018ga qur'a tashlanganidan so'ng, "Bavariya"dagi jamoadoshi Xames Rodrigesga "tvitter" orqali murojaat qildi.

Bu ikki futbolchi to'p tepadigan Polsha va Kolumbiya terma jamoalari "H" guruhidan joy olishdi.

"Salam, Xames Rodriges. Sening so'nggi jahon chempionatidagi ajoyib gollaring yodimda. Rossiyadagi JCH-2018da mening gollarimni eslab qolasan deb umid qilaman" - deb yozadi Levandovski "Tvitter"da.

Polsha va Kolumbiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs 24 iyun kuni Qozonda bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com