Levandovski: "Volfsburg" tarkibini saqlab qolsa, yanada kuchli jamoaga aylanadi"
Aslanov Jasurbek
31 iyul 2015, 17:20
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Volfsburg" haqida fikr bildirdi.
"O'ylashimcha, "Volfsburg" tarkibini saqlab qolsa yanada kuchli jamoaga aylanadi. Biz esa jiddiy xatolarga yo'l qo'ya olmaymiz. Dortmundning "Borussiya" klubi ham turnir jadvalining yuqori o'rinlari uchun kurashadi" - deydi Levandovski.