Levandovski: "O'zimni Benzema bilan solishtirmoqchi emasman"

Mirjalol Normatov
31 iyul 2022, 14:15
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Real"dagi raqibi Karim Benzema haqida gapirdi.

- Karim Benzema bilan o'rtangizda qanday raqobat bo'lishi mumkin?
- Benzema - ajoyib futbolchi. U buni o'tgan mavsum YCHLdagi o'yinlari orqali isbotlab berdi. Karim 10 yoki 12 yildan buyon Ispaniyada o'ynamoqda. Shu sababli u bu liga bilan mendan ko'ra yaxshiroq tanish.

LaLigada yaxshi hujumchilarning ko'pligi foydali bo'ladi. Bu muxlislar uchun ham qiziqishni oshiradi. O'zimni u bilan solishtirmoqchi emasman. Men bu ligada yangiman. U esa anchadan buyon o'ynamoqda.

Menga hozir "Barselona" bilan muvaffaqiyat yuqori o'rinda. Bu asosiy maqsadim, - dedi Robert.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN