Levandovski "Bavariya"ni tark etadimi? Niko Kovach javob berdi

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2018, 12:05
"Bavariya" ustozi Niko Kovach jamoa hujumchisi Robert Levandovski klubdan ketishi haqidagi ma'lumotlarga izoh berdi.

"Levandovski "Bavariya"ni tark etmaydi. U yuqori saviyali hujumchi, shu sababli uni sotmaymiz. Jamoa Robert bilan ko'p narsaga erishishi mumkin. Levandovski - raqib darvozasini tinimsiz ishg'ol qiladigan ajoyib forvard. Yangi mavsumda uning gol urish qobiliyati yuqori saviyada qolishiga ishonaman. Robertning jamoa bilan shartnomasi bor, shu sababli u "Bavariya"da qoladi" - deydi Kovach.

29 yoshli Levandovski so'nggi mavsum Bundesliganing 30ta uchrashuvida maydonga tushib, 29ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Germany