Levandovski "Bavariya" rekordlarini yangilashda davom etmoqda

13 noya 2019, 22:43
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Robert Levandovski avgust va sentyabr oylaridan keyin ketma-ket uchinchi marta muxlislar tomonidan oyning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

So'rovnomada hujumchi 76 % ovoz yig'gani holda jamoadoshlari Serj Gnabri (10%) va Manuel Noyerlardan (6%) ustun keldi. Bu haqida "Bavariya" klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, Myunxen klubi tarixida hali hech kim qatorasiga 3 marta oyning eng yaxshi futbolchisi, deb topilmagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports