"Lester" "Yuventus" himoyachisini nishonga oldi

25 dek 2019, 19:56
Rugani "keksa sinora"ni tark etishi mumkin.

"The Telegraph" nashri xabariga ko'ra, Turinning "Yuventus" klubi himoyachisi Daniele Rugani "Lester" jamoasi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Ingliz klubi himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va 25 yoshli italiyalik futbolchi bu o'ringa eng munosib nomzod sifatida ko'rilgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, Ruganining o'zi ham Turin jamoasini tark etib, ko'proq o'ynash imkoni beriladigan klub safiga qo'shilishga qarshi emas.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph