"Lester" yarim himoyachisi "Liverpul"ga qarshi o'ynamasligi mumkin

25 dek 2019, 21:09
Ertaga "tulkilar" APL yetakchisi bilan o'ynashadi.

Bu o'yinda Brendan Rojers yarim himoyachi Xarvi Barnsning xizmatlaridan foydalana olmasligi mumkin. Oldingi turda o'tkazilgan "Manchester Siti"ga (1:3) qarshi bahsda futbolchi jarohatga yo'liqqandi. Tekshiruv natijalari futbolchida jiddiy muammolar yo'qligini ko'rsatdi, ammo Barnsning o'yinga qadar tiklana olishi so'roq ostida turibdi.

Ma'lumot uchun, 22 yoshli Barns APLning joriy mavsumida 17 uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol, 5 ta samarali uzatmaning muallifiga aylangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports