
"The Sun" nashrining xabar berishicha, "tulkilar" "Guanchjou Evergrand" himoyachisi, osiyolik Ramos nomi bilan mashhur bo'lgan Chjan Linpenga qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi 27 yoshli futbolchi uchun 10 mln. funt sarflamoqchi.
"Premer-ligada o'ynasam xursand bo'lar edim. Menga "Chelsi" tomonidan qiziqish bo'lgandi va bundan mamnunman" - deydi Linpen.
"Biz ushbu xitoylik istiqbolli futbolchini o'z safimizda ko'rmoqchimiz" - deydi "Lester Siti" vice-prezidenti Ayvat Shrivaddanaprabxa.