"Lester" o'z futbolchisini MYUga qo'yib yuborishni istamayapti

2 iyul 2019, 21:20
"Manchester Yunayted" klubi "Lester" himoyachisi Xarri Maguayr transferi borasida "tulkilar" rahbariyati bilan kelisha olmayapti.

Sky Sports nashrining ma'lumotiga ko'ra, MYU 26 yoshli angliyalik uchun 70 million evro taklif qilgan va bunga "Lester" rad javobini bergan.

Eslatib o'tamiz, Maguayr 2017 yili "Lester" klubiga qo'shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan. Maguayr yakunlangan mavsum Angliya chempionatida 31ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan. 


O'xshash yangiliklar


Manba: skysports.com