"Lester" manchesterliklarga Maguayrning narxini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
12 iyun 2019, 22:26
"Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" "Lester" himoyachisi Xarri Maguayrning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Lester" o'z futbolchisini 90 million evroga baholagan. Ammo manchesterliklar bu summani to'lay olmaydi va "Lester"dan narxni tushurishni so'ramoqda.

MYU Maguayrni o'tgan yili yozdayoq sotib olishga urinib ko'rgandi. Biroq o'shanda "tulkilar" 80 million evro so'rashgan va narx qimmatligi tufayli transfer amalga oshmagandi.

Bu mavsumda 26 yoshli Maguayr "Lester" tarkibida barcha turnirlarda 32 o'yin o'tkazib, 3 gol kiritdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports