"Lester" "Dinamo Kiev" futbolchisiga qiziqmoqda

Aziz Tukhtamuradov
31 dek 2015, 21:50
ESPN nashrining xabar qilishicha, "Lester" "Dinamo Kiev" futbolchisi Aleksandar Dragovichga qiziqish bildirmoqda.

Klub rahbariyati bu borada kievliklar rahbariyati bilan muzokaralarni boshlab yubordilar. Biroq, YCHLning 1/8 finaliga chiqqan ukrainaliklar o'z yetakchilarini sotmoqchi emaslar.

Eslatib o'tamiz, avvalroq esa futbolchiga "Inter" tomonidan qiziqish bildirilayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ESPN