"Lester" "Barselona" himoyachisini nishonga oldi

Alisher
11 yanv 2020, 13:45
"Barselona" himoyachisi Mussa Vage faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Futbolchiga Angliyaning "Lester" klubi qiziqish bildirmoqda. Transfer yanvardayoq amalga oshishi mumkin.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Vagening transferi "Lester"ga taxminan 7,5 million evroga tushishi mumkin.

Vagega "Lester"dan tashqari Italiyaning bir qator klublari, xususan "Torino" klubi ham qiziqmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Barsa" Vageni 2018 yilda Belgiyaning "Eypen" klubidan 5 million evro evaziga xarid qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira