Martinellining yagona goli Arsenalga navbatdagi g'alabani taqdim etdi

Alisher
25 fev 2023, 21:54
APLning 25-turi doirasidagi Lester - Arsenal uchrashuvi boshlandi.

Lester – Arsenal 0:1
Gol: 46 - Martinelli (Trossard),

25 fevral, 20.00 | "King Pauer"

Lester – Uord, Kastan, Fas, Suttar, Kristiansen, Prat, Ndidi, Barns, Dyuzberi-Xoll, Ixeanacho, Tete.

Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Saliba, Zinchenko, Jaka, Jorjino, Edegor, Saka, Trossard, Martinelli.



YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI

90+4. Parti qanotdan uzatmani amalga oshirdi, sal qolsa Garri Suttar to'pni o'z darvozasiga joylab qo'yishi mumkin edi

90+3. O'zgarish: Zinchenko maydoni tark etdi, uning o'rniga Tomiyasu maydonga tushdi

Hakam ikkinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

84. O'zgarish: Parti maydonga tushadi. U Edegorni alishtirdi

78. O'zgarish: Daka va Sumare maydonga tushdi, Prat va Ndidi maydoni tark etdi

72. Kirnan Dyusberi-Xollning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga aniqlik yetishmadi

70. O'zgarish: Trossard maydoni tark etdi, uning o'rniga Nketiya maydonga tushdi

65. Kirnan Dyusberi-Xoll qanotdan yaxshi kirib bordi va uzatmani amalga oshirdi, biroq himoyachilar Vardiga zarba yo'llashga yo'l qo'ymadi

62. O'zgarish: Vardi va Tilemans maydonga tushdi, ular Ixeanacho va Teteni alishtirdi

58. Zinchenkoning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan bartaraf etdi

55. Saka gol urmoqda, biroq unga to'pni uzatgan Martinelli ofsaydda edi

52. Lester qanotdan yaxshi hujum tashkil qildi, biroq Tete topga yetib kela olmadi

49. Barchasi joyida Martinelli oyoqqa turdi

46. GOOOOOOOOL. Martinelli gol urmoqda, biroq braziliyalik jarohat oldi. Jarohat esa jiddiy ko'rinmoqda

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi



Hakam birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berdi

43. Martinellining zarbasiga aniqlik yetishmadi.

39. Ogohlantirish: Martinelli hakam tomonidan ogohlantirildi

31.Kelechi Ixeanacho hisobni ochdi, biroq u ham ofsaydda qolgan

Biroq gol bekor bo'lishi mumkin. Hakamlar VARni ko'rmoqda. Uayt darvozabonga qarshi o'ynadi va gol bekor bo'ldi

26. GOOOOOOOOOOOOOL. Trossardsuper goli bilan hisobni ochmoqda

23. Birinchi bo'limning yarimi ortda qoldi, biroq hali tayinli hujum tashkil etilmadi 

17. Saka jarima maydonchasiga kirib bordi, so'nggi soniyalarda himoyachilar to'pni burchakka chiqarib yubordi

10. Tete raqib jarima maydonchasiga kirib bordi, biroq Gabriel o'z o'rnida

5. Jakaning zarbasi Kastanga tegib, burchakka chiqib ketdi

1. Edegorning zarbasi noaniq ketdi. Arsenal ilk daqiqadan hujum tashkil qilishni boshladi

UCHRASHUV BOSHLANDI 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia