Leonardo: "Chempionlar ligasini yutish oson emas"

Aziz Tukhtamuradov
7 sen 2023, 09:57
PSJning sobiq sport direktori Leonardo nima uchun PSJ Chempionlar ligasida yuta olmasligi haqidagi savolga javob berdi.

"Eshiting, Chempionlar ligasini yutish oson emas. "Manchester Siti" ham 15 yillik urinishdan so'ng endi g'olib chiqa oldi. "Real", "Milan" yoki MYU kabi klublar uchun agar yaxshi formada bo'lishsa, bu tabiiy jarayon. Futbolchilar shu klublarga o'tishni istashadi, matbuot ham ular haqida gapiradi. Muxlislari ham boshqalarga qaraganda ko'p. 

Bu klublar ananaga ega. Demak, tizim yaratilgan, bu bor va ularning maqsadlari tushunarli.

Elit guruhga qo'shilish oson emas. Albatta sen hali xech qachon yuta olmaganing fakt. Lekin PSJ g'olib chiqishi mumkin bo'lgan jamoalar qatorida. Bu ertami-kechmi sodir bo'ladi", - dedi Leonardo.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Ge Globo