Leo Messi: "Fransiyada asosiy e'tibor jismoniy holatga qaratilar ekan"

Mirjalol Normatov
9 okt 2021, 18:35
PSJ forvardi Leo Messi Fransiya chempionati haqidagi dastlabki taassurotlari haqida gapirdi.

"Bu erga kelganimga ko'p bo'lmadi. Shu sababli taassurotlarimni to'liq aytib bera olmayman. LaLigaga qaraganda bu yerda jismoniy holatga ko'proq e'tibor berilar ekan. O'yin paytida raqiblar doimo bir-biriga zich harakat qilishadi va ko'plab futbolchilar juda kuchli.

Ammo hozirda biron nima deya olmayman. Chunki o'yinni ko'rish va maydonda harakat qilishning farqi katta", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal